Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratganning insonlarga bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftixori, bebaho boyligi uning o‘z ona tilidir.
Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili ham biz o‘zbeklarning eng qimmatli boyligimizdir. Tilimizning go‘zalligi, ma’no jilolari Navoiy davridayoq o‘z ifodasini topgan, bu tilda bir-biridan ajoyib asarlar bitilgan.
Shu tilnining sofligini asramoq, uni yanada boyitib avlodlarga etkazmoq bizning zimmamizdadir.
O‘zbek tilining qonuniy muhofazasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Ma’lumki, 1989 yil 21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida respublikamizda keng nishonlanadi.
Jumladan, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-son bolalar kasalliklari kafedrasida ham joriy yilning 21-oktyabr kuni “Ona tilim-jonu dilim” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kafedra hodimi assistent Tashmatova G.A. tomonidan davolash fakulteti 403- guruhi talabalari bilan tayyorlangan dastur milliy tilga bo‘lgan hurmatni yana bir bora namoyish etdi.
Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, monologlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Til bayramida qatnashib, so‘zga chiqqan kafedra mudiri, professor Halmatova B.T. talabalarni bayram bilan qutlab, ona tilimizning tarixi, buguni va kelajagi haqida talabalarga ma’lumot berib, bundan keyingi o‘qish va ishlariga zafarlar tilashdi.